BMTning Giyohvandlik vositalari va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Aşita Mittal Özbekiston Respublikasi IIVga taşrif buyurdi.
Tadbir davomida tomonlar giyohvandlik vositalari kontrabandasi va transmilliy uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, Özbekistonda inson huquqlarini, jumladan, mahkumlarning va mahbuslarning huquqlarini ta'minlaş kabi bir qator masalalarni muhokama qilişdi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Muzokara iştirokçilari asosiy e'tiborni mamlakat va BMTning Giyohvandlik vositalari va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça Amaliy tadbirlar rejasi («Yöl xaritasi»)ni amalga oşirişga qaratişdi. BMTning Giyohvandlik vositalari va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi hamda Özbekiston Respublikasi IIV yigirma yil davomida giyohvandlik vositalari kontrabandasi, transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, odam savdosi, xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş masalalarida samarali hamkorlik qilib kelayotgani qayd etildi.
A. Mittal ötgan 2017 yilni giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga qarşi kuraşiş borasida samarali yil deb ataş mumkinligini, uşbu sohadagi hamkorlikni joriy yilda ham davom ettiriş zarurligini ta'kidlab ötdi.
Bundan taşqari, IIV va BMT tuzilmalari örtasidagi «Yöl xaritasi»ni amalga oşiriş hamda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş sifatini oşiriş böyiça jinoiy, jinoiy-protsessual va jinoiy-ijro etiş tizimi sohasida qonunçilikni takomillaştiriş masalalari borasida kelajakdagi hamkorlikning aniq yöllari böyiça öz fikr-mulohazalarini bayon etdi.
A. Mittal, şuningdek, içki işlar organlari, xususan jazoni ijro etiş muassasalari xodimlari odil jinoiy sudlov, jinoyatçilik va korrupsiyaning oldini oliş sohasida xalqaro tajribadan samarali foydalanişlari uçun joriy yilda bu yönalişda ular bilan öquv maşğulotlari, seminar-treninglar ötkazişni taklif etdi.
Taşrif çoğida boşqa dolzarb masalalar ham muhokama etilib, hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.












