Xitoylik olimlar birinçi marta bitta martişka (makakalar turiga mansub, uzun dumli kiçik maymun)dan ikkita tölaqonli klon östirişning uddasidan çiqişdi. Bu haqda Cell jurnalida e'lon qilingan maqolada aytiladi.

Ta'kidlanişiça, olimlar «Dolli qöyini» klonlaştiriş uçun qöllanilgan uslubdan foydalanişgan.

Hayvonlar somatik hujayradan yadroni köçiriş yordamida klonlaştirilgani aytilmoqda.

Foto: China Xinhua News
Foto: China Xinhua News
Foto: China Xinhua News
Foto: China Xinhua News

Olimlarning sözlariga köra, jarayonning muvaffaqiyatli çiqişiga yadroni ötkaziş uslubi takomillaştirilgani sabab bölgan. Bundan taşqari, ular fermentlar va RNK molekulalaridan iborat bölgan maxsus «kokteyl»ni işlab çiqişdi, u DNK oqsil qoplamasini zararlardan himoya qilgan va tuxumhujayrani yangi yadro kiritilganidan söng bölinişga majburlagan.

Avvalroq, Xitoyning yirik klinikalari mamlakatning moslaşuvçan qonunçiligi tufayli 2015 yildan buyon CRISPR/Cas9 usuli yordamida inson genomini özgartirişga doir tajribalarni ötkazayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.