Bugun Özbekiston futbol Assotsiatsiyasi prezidenti etib saylangan Oçilboy Ramatov yangi iş joyida tekinga işlaşini ma'lum qildi.
U futbol sohasi vakillariga murojaat qilib, yaxşi pul topiş uçun yaxşi işlaş kerakligini ta'kidlagan.
«Futbolni yaxşi köradigan odam faqat futbol haqida öylab, şuning içida yaşaşi kerak. Şu yerdan pul topişi kerak, pul topişning boşqa joylarini qilişi kerak emas.
Meni haydab yuborsanglar, boşqa kasbim bor, boşqa işlarimni qilib, bola-çaqamni boqa olaman. Sizlar esa faqat futbol bilan şuğullana olasizlar.
Men bu lavozimda oylik olmayman. Men prezidentimiz şu yerga jönatgani uçun keldim, sizlarga yordam bermoqçiman. Sizlar qöl kötarib, tasdiqladingizlar. Sizlarni heç kim majburlamadi.
Mening hamma narsam bor, 7 joydan oylik olaman, faqat boksda va futbolda emas. Yurtboşimiz şularga yordam ber, deb jönatdi.
Özim ham hamişa futbolimiz uçun qayğurganman. Bu mas'uliyatli iş.
Bolalarimizni tarbiyalaymiz. Yaxşi mingta futbolçi çiqaramiz. Ular heç narsadan kamçilik körmasligi kerak. Evaziga barqaror öynab berişsin», deya Ramatovning sözlarini keltiradi «Tribuna» muxbiri.
Ma'lumot uçun, Oçilboy Ramatov 2002 yildan buyon «Özbekiston temir yöllari»ning boşqaruv raisi hisoblanadi. U 2016 yilning dekabridan Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari — Hududlarni kompleks rivojlantiriş va kommunal soha, transport, kapital quriliş va quriliş industriyasi masalalari kompleksining rahbari.
Ramatov şuningdek, 2006 yildan buyon Özbekiston boks federatsiyasi prezidenti hisoblanadi.












