Samarqandning «Zarafşon» gazetasi «Buyuk yölboşçimiz Islom Karimov — 80 yoşda» rukni ostida Islom Karimov zamondoşlarining Birinçi Prezidentimiz haqidagi xotiralari bilan örtoqlaşmoqda.

Islom Karimovning akasi — Quddus Karimovning rafiqasi, ayni paytda Samarqand şahridagi «Qöşbaqqolli» mahalla fuqarolar yiğini raisi bölib işlayotgan Taklifa Karimova qaynoğasi haqidagi öz xotiralarini quyidagiça bayon etgan:
— Men bölğusi prezident oilasiga 1964 yilda kelin bölib tuşganman. Töyning ertasi kuniyoq bu oilada özaro inoqlik, mehr, ilmga taşnalik benihoya yuqori ekanini anglaganman.
Islom Karimov oilada yettinçi farzand bölib, opasi Mehriniso hamda aka-ukalari bilan ahil-inoq yaşar, ular bilan özaro ilmiy va aqliy tortişuvlar qilib turardi. Ayniqsa, turmuş örtoğim Quddus Karimov bilan fan, sport, ta'lim-tarbiya, diniy va dunyoviy bilimlar borasida mudom bahslaşardi.
Öşa paytlarda Islom Karimov Çkalov nomidagi Toşkent aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasida işlar, Samarqandga har ikki-uç oyda kelib turardi. Har kelganida xöjayinim bilan tarix, iqtisodiyot va astronomiya sohasida fikr almaşardi, tonggaça bahslaşişardi.
Bir safar «Dadasi, ukangiz yoş bölsa-da, kattalardek fikrlaydi, ong, tafakkur doirasi öta keng. Buning sababi nimada?», deb söradim. «Kitobni sevişida, mutolaa qiliş, öqib-izlanişdan erinmaganligida», dedi va bir voqeani sözlab berdi.
«Uruş yillaridan keyin otamiz Abduğani aka Iştixon tumanidagi «zagotkontora» (öşa vaqtda şunday nomlangan)ga işga ötdi va şu sababli Islom Mitan şaharçasidagi maktab-internatda tahsil oldi.
Törtinçi sinfda öqib yurganida 2-sinf öqituvçisi qattiq betob bölib qoladi va uç-tört oy maktabga kela olmasligi oydinlaşadi. Şunda maktab-internat direktori 4-sinf öquvçisi — ukam Islomga işonç bilan öşa sinf öquvçilarini öqitib turişni topşiradi. Yoş Islom bu işonçni oqilona uddalaş uçun keçalari uxlamay öqiydi, öz ustida işlaydi. Natijada uç oy davomida öquvçilarni öqituvçidan kam bölmay öqitadi. Uning bu salohiyati nafaqat maktabda, balki tumanda alohida e'tirof etiladi».










