Yevroittifoqda Germaniya xalqaro çaqiriqlar oldida bu birlaşmada öz yetakçiligini tiklaşiga ehtiyoj bor. Bu haqda Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi yetakçisi Martin Şults ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
«AQŞ prezidenti Davosda Qöşma Ştatlar yangi siyosatni olib borişi haqida alohida ta'kidlab ötadi. Yevroittifoqqa esa kuçli Germaniya zarur, bu Xitoy va AQŞ tomonidan keluvçi çaqiriqlarga qarşi turiş uçun kerak», - deya aytib ötdi Şults.
U Germaniya hukumatida koalitsiya yaratiş böyiça kansler Angela Merkel bilan muzokaralar avvalida şunday bayonot bilan çiqdi. GSDP bu muzokaralarda Yevropa siyosatiga hamohang kun tartibini ilgari surmoqda. U, Şultsning sözlariga köra, hayotga tezlik bilan va konstruktiv tatbiq etilişi lozim.












