AQŞning SpaceX kompaniyasi 24 yanvarda Falcon Heavy raketasining turgan holatda öt oldiriş sinovini ötkazdi. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask ma'lum qildi. Sinov vaqtida Jon Kennedi nomidagi koinot markazining 39A start maydonida vertikal holatda örnatilgan, dunyodagi eng kuçli raketaning birinçi poğonasining 27 ta Merlin 1D dvigatellari bir vaqtda işga tuşirildi.
Dvigatellar 12 soniyagagina yoqilgan. Sinovlar vaqtida raketaning muhim tizimlari işi tekşirildi. Ta'kidlanişiça, raketa dvigatellarining şovqini start maydonçasidan 50 km uzoqlikda ham eşitilgan, sinov hududi quyuq bulut bilan qoplangan.
Konstruktiv jihatidan Falcon Heavy’ning 1-poğonasi markaziy blok va bir juft yon tezlaştirgiçlardan iborat. Raketa past tayanç orbitaga 63,8 tonna yuk olib çiqa oladi, uning uçirilişi 90-120 mln dollar turadi.

Raketa yanvarda uçirilişi rejalaştirilgan, u Marsga Maskning şaxsiy maşinasi Tesla Roadster’ni yetkazadi.
My raw video of the #SpaceX Falcon Heavy static-fire at Kennedy Space Center. Come for the cloud plumes, stay for the sound.
— Robin Seemangal (@nova_road) January 24, 2018
A French space reporter just yelled "It's like the 4th of July!" pic.twitter.com/vJssukqgIz













