Şveytsariyada Davos xalqaro iqtisodiy forumining navbatdagi yiğilişi ötkazilmoqda. Unda qatnaşayotgan AQŞ prezidenti Donald Tramp navbatdagi çiqişi bilan barçaning diqqatini öziga qaratdi.

U Isroil bilan tinçlik örnatişga harakat qilmas ekan Falastinga yordam berişni töxtatib qöyişi mumkin ekanini ta'kidlagan. Bunga sabab qilib, falastinliklar AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pensni qabul qilişdan boş tortganini keltirdi.

Dekabrda Isroilda bölgan Pens Falastin rahbarlari bilan uçraşmoqçi bölgandi, lekin Falastin Trampning Quddusni Isroil poytaxti deb tan olganiga isyon tarzida Amerikalik siyosatçini qabul qilmasligini ma'lum qilgandi.

«Ular bizning ajoyib vitse-prezidentimizni qabul qilişdan boş tortib, AQŞni haqorat qilişdi. Nima, biz şunday holatda ham ularga iqtisodiy yordam körsatişni davom ettirişimiz kerakmi? Biz berayotgan pullar Falastinda tinçlik tiklanişi uçun işlatilayotgani yöq. Isroil esa mintaqada tinçlik örnatişga urinmoqda», deya Trampning sözlarini keltiradi Reuters.

AQŞ bu oyda Falastinga körsatilayotgan yordam miqdorini 125 million dollardan 65 million dollarga tuşirib qöyişi mumkin. Trampning aytişiça, u Iyerusalimni töliqligiça Isroil poytaxti deb tan olgani uçun Isroil qandaydir tölovni amalga oşiradi: «Bu juda yaxşi iş böladi» degan Tramp gap nima haqida ketayotganini oçiqlamay.