Özbekiston yaqin kelajakda öz sun'iy yöldoşini uçiradi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma'lum qilgan.

“Bu oldimizda turgan strategik yönalişlardan biri. Sababi bizda aerokosmik tadqiqotlar yöqolib ketgan edi. Davlat rahbari öz murojaatnomasida ham bu haqda juda töğri aytdi. 25 yil davomida bu sohada faoliyat olib bormadik va aerokosmik hududimizda bizda egalik yöq. Şundan kelib çiqib, bu sohada hozir strategik rejalar işlab çiqilyapti, qöyiladigan eng katta qadamlardan biri – yaqin vaqtlar içida özimizning sun'iy yöldoşlarimizni uçiramiz. Özbekistonning aerokosmik hududida sun'iy yöldoşlarimiz böladi. 

Buning natijasida hayot birdaniga keskin özgaradi. Sababi oddiy televideniyedagi uzatişlar, internet tezligi oşadi. Bu sohada qator işlarni amalga oşirmoqdamiz. Albatta, qilinadigan işlardan eng kattasi – aerokosmik tadqiqotlar ötkaziladigan alohida institutlar şakllantiriladi”, - deya aytib ötgan vazir.