Şveytsariyalik tennisçi Rojyer Federer “Katta dubulğa” musobaqasining mavsumdagi ilk musobaqasi – Avstraliya çempionatining ikkinçi finalçisi böldi. Melburndagi musobaqada 2-raqamli öyinçi sifatida iştirok etayotgan faxriy tennisçi finalda Australian Open’ning 6-raqamli tennisçisi, xorvatiyalik Marin Çiliç bilan uçraşadi.

Federer yarim finalda joriy musobaqaning “kaşfiyoti”, koreyalik Xen Çon bilan uçraşdi. Koreyalik tennisçi uçraşuv Federer foydasiga 1:6, 2:5 hisobida davom etayotganda öyinni davom ettirişdan boş tortgan. Federer şu tariqa “Katta dubulğa” seriyasiga kiruvçi musobaqalarning 30-finaliga çiqdi va agar yutsa, seriyadagi 20-unvonni qölga kiritadi.  

Federer va Çiliç rasmiy uçraşuvda 9 marta uçraşişgan, ustunlik 8:1 hisobida Federer tomonda. 

Avstraliyadagi musobaqaning erkaklar örtasidagi amaldagi ğolibi Federer, ayollar örtasidagi ğolibi esa Serena Uilyams hisoblanadi.

Musobaqaning mukofot jamğarmasi 43 mln 54 ming dollarni taşkil qiladi.