Men Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevni fidoyi, xalqparvar, odil rahbar, yetuk siyosatçi deb öylardim, ammo keçagi videoselektorda u öziga- özi bahoni qöydi. Ajabo, bir viloyat hokimi - el suygan Prezidentning vakili butun bir Toşloq tumani aholisini haromiga çiqarib tursa-ya! Özi janob Ğaniyev haromi degan sözning ma'nosi özaro nikoh qilinmagan erkak va ayoldan tuğilgan bolani anglatişini bilarmikan? Şunça narsani bilgan odam, nahotki, şu sözning ma'nosini bilmasa? Bilsa, nega bir neça yuz minglab xalqqa tuhmat qiladi?
Yigitning ğururi, oriyati toptalganidan köra, uning ölgani afzal. Butun tuman halqini kuppa-kunduz kuni, yana deng XXI asr - şiddatli taraqqiyot davrida Prezidentning viloyatdagi eng işonçli odami haqorat qilib tursa. Boş prokuratura, senatorlar, deputatlar, ma'naviyatimiz darğalari, Özbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilarining közlari qayerda, nega bir oğiz çurq etmaydilar? Qani vatanparvar, xalqparvar fidoiylar?! Yoşlar ittifoqi vakillarining bu voqeaga munosabatlarini nega körmayapmiz?! Xalqning ğururi toptalayotgan pallada siçqonning iniga kirib ketsak. Afsus... Afsus... Undan köra, viloyat hokimi mening kökragimga piçoq ursa qaniydi! Şu gaplarni eşitgandan köra, men Toşloq xalqining şa'nini himoya qilib ölganim yaxşi edi. Eh, Toşloq hokimi, millatning qahramoni bölib çiqadigan majlisdan “janob heç kim” bölib çiqişlik uyat, şarmandalik emasmi? Yigitning umri, jonini 5 million sömga minnat qilgan viloyat hokimining gapi haqoratdan boşqa narsa emas.
Prezidentimiz har doim “menga sadoqatli, fidoiy kadrlar kerak”, deydilar. Aslida, insonning sadoqatli, fidoyi ekanligini xalqqa bölgan munosabati va hurmatidan bilsa böladi. Öz tuman xalqini haqoratdan saqlab qola olmagan tuman hokimi öz mansabiga loyiqmikan? Men qat'iy va keskin “yöq” deyman. Şu ma'noda viloyat hokimi “Mard bölsang, şunday çiqib ket, hokim bölib ötirmasdan”, deganida edi ming marta haq bölardi. Balki bu fikrimga köplar qöşilar.
Şu yerda ozroq lirik çekiniş qilsak. Men umrim bino bölib onamni heç kimga söktirmaganman. Sökkan holatlar bölganida yaxşilab “yem”ini berib qöyganman. Çunki mening Onam, menga boğliq ayollar şa'ni - hayotimning ma'nosi va mazmuni. Şular bilan hayotim gözal. Şirin jonimni berib bölsada men ularni himoya qilişim, asraşim, har qanday holatlarda ham şa'ni, oriyatiga doğ tuşirmasligim şart!
1994 yilda Buxoro viloyatida bir uçastka inspektorini tuman IIB boşliği onasidan sökkanini guvohi bölganman. Öşa paytda agar IIV tizimida onadan sökadigan bölsa, bir umr şu tizimda işlamayman deganman. Eng qiziği, 1997 yilda Toşkent şahar IIBBga işga taklif tuşganda, aynan şu sabablar tufayli işga ötmaganman. Albatta, undan keyin qança suvlar oqib ötdi. Bugungi kunda IIV tizimida bunday noxuşliklarga çek qöyilganiga aminman, buni şu sohada işlab yurgan tanişlarim ham aytişadi.











