Şavkat Mirziyoyev Osiyo çempionatida ğalaba qozongan futbolçilarni tabrikladi. Tabrik matni davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan.

“Aziz farzandlarim!
Qadrli ustoz va murabbiylar!

Barçangizni futbol böyiça Yoşlar örtasida bölib ötgan Osiyo çempionatining final bosqiçida ğoyat oğir va noqulay ob-havo şaroitida tom ma'noda matonat va jasorat namunasini namoyon etib, ğoliblikni qölga kiritganingiz bilan öz nomimdan, köpmillatli xalqimiz nomidan samimiy muborakbod etaman.

Sizlar qölga kiritgan mislsiz bu ğalaba butun xalqimizga çeksiz quvonç bağişlab, Özbekiston yoşlarining qanday buyuk işlarga qodir ekanini yana bir bor körsatdi. Bu ulkan zafar, heç şubhasiz, mamlakatimizdagi millionlab yoşlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaşga ulkan hissa qöşadi.

El-yurtimiz sizlar kabi mard va jasur, fidoyi öğlonlari bilan, yurtimizning haqiqiy qahramonlari bilan faxrlanadi.

Barçangizni bağrimga bosib, sizlarga sihat-salomatlik, kuç-ğayrat, jonajon Özbekistonimizning şon-şuhratini dunyoga tarannum etişda doimo yutuq va zafarlar yor bölişini tilayman.
 
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev”