Quvonçga şerik böliş va hamdardlik hayotda juda muhim va insonlarni birlaştira oladigan kuç, menimça.
Yakka sport turlarida muvaffaqiyat qozoniş imkoniyati köproq, umuman, öşa sport turlaridagi muvaffaqiyatlarimiz salmoqliroq bölsa-da, negadir e'tibor baribir jamoaviy sport öyinlariga tortaveradi hammamizni. Bir yarim yil muqaddam bundan kam bölmagan onlarni taqdim etgan boksçi ukalarimizning xizmatlari boş ustiga, ammo baribir, futbol boşqaça.
Nega bilasizmi?
Men ham bu haqida köp öylamasdim, ammo futbolçilarimizning finaldan keyin ğalabani qanday nişonlayotganliklarini körib, barçasini tuşungandek böldim. Futbolda yuqorida tilga olingan şeriklik bor. Muvaffaqiyatdagi şeriklik. Tasavvur qiling, siz futbolçisiz va çempion böldingiz – atrofingizda xuddi siz kabi futbolçi va çempion bölgan şeriklaringiz böladi. Ular ham xuddi siz öylagan narsalarni öylayapti, ularning şu tobdagi his-tuyğulari sizniki bilan ayni – şunday insonlarning köp bölişi va ular bilan birga bu tuyğularni baham köriş – ajoyib. Hamma bir muvaffaqiyatli inson atrofida töplanmaydi, aksinça, bu muvaffaqiyatlarning barçasi birgalikdagi mehnat natijasida yuzaga kelganini hamma bilib turadi.
Inson öz muvaffaqiyati maydondagi şerigiga ham boğliqligini his qiladi. Uning samarali harakati senga ğalaba olib keladi, sening goling tufayli, u ham medal taqadi, zör-a?
Menga invidiuallik ğoyasidan köra, jamoaviylik köproq yoqadi. Qahramonlik nima? Hollivud filmlarini köring. Qahramon qarşisida paydo bölgan qiyinçiliklarni mardonavor yengib ötadi va marraga yetib keladi. Kitoblarni öqing. Kambağallar kvartalida tuğilib, tufli tozalab, mayda-çuyda sotib katta bölgan yetimning işbilarmon milliarderga aylanib qoliş hikoyasi. Esladingiz-a? Inson taqdir faqat va faqat öziga boğliq ekani haqidagi safsatani isbotlovçi yuzlab voqea. Manovi yoki anovi işlarni amalga oşirasiz va siz ğolibsiz. Lekin atrofda buni amalga oşira olmagan yoki oşirib-da, omadsizlikka uçraganlar haqida lom-mim yöq. Omadsizmi ular?
Bir neça yil oldin AQŞda yuguriş böyiça musobaqa ötkazildi. Qandaydir xayriya tadbiri edi. Turli mamlakatlardan taşrif buyurgan ön ikki havaskor yaqin masofaga poygada iştirok etdi.
Masofaning yarmiga kelganda, poygaçilardan biri kutilmaganda qoqilib tuşadi. Extiyotsizlikdir sababi. Poyga davom etyapti. Qolgan ön bir qatnaşçi bor-ku, töğrimi? Ammo safning eng oldida borayotgan bir qiz ortga qaytadi, yiqilgan yigitning qölidan tutadi.
Tomoşabin hayron. Yigit oyoğini yerga bosa olmasdi. Ikki qadam qöyib, yana ötirib oladi. Keyingi iştirokçi kelib, yigitning yelkasidan tutadi. Uçinçisi oldinga yetaklay boşlaydi. Tomoşabin hayron. Nima bölyapti? Qahramonlik ğoyasi nima böladi?












