Şveytsariyalik tennisçi Rojyer Federer «Katta dubulğa» tasnifiga kiruvçi yilning dastlabki musobaqasi Australian Open musobaqasida ğalaba qozondi.
Finalda şveysariyalik jahonning 2-raqamli tennisçisi ATR reytingida 6-örinni egallab turgan xorvatiyalik Maren Çiliçga qarşi kortga çiqdi. 3 soatdan ortiq vaqt davom etgan final uçraşuvida Federer beş set yakuniga köra, 6:2, 6:7, 6:3, 3:6, 6:1 hisobida ğalaba qozondi.
Bu 36 yoşli Federerning Australian Open musobaqasidagi oltinçi ğalabasi böldi. Umuman olganda Rojyer «Katta dubulğa» tasnifida 20-marta ğalaba qozondi. Uning faoliyatida davomida qölga kiritgan sovrinlari soni 96taga yetdi.
Eslatib ötamiz, ayollar örtasidagi musobaqada Karolin Voznyatski boş sovrinni qölga kiritgandi.












