Video: ingliz klubi futbolchilari jamoa muxlislari bilan janjallashdi
Angliyaning «Uotford» klubi muxlislari jamoaning qoniqarsiz natijalaridan norozi bo‘lib ularga e'tiroz bildirishdi. «Sauthempton» uyida uchralgan mag‘lubiyatdan (0:1) keyin mehmonlar sektorida norozilik hayqiriqlari yangradi.
Bu esa shundoq ham yaxshi kayfiyatda bo‘lmagan «Uotford» klubi futbolchilariga yoqmadi. Asosan uch futbolchi Xose Xolebas, Kristian Kabasele va Abdulay Dukure bunga norozilik bildirdi va mehmonlar sektoriga borib muxlislarga e'tiroz bildira boshladi.
Ayniqsa Xose Xolebas muxlislardan birini pastga chorlab, birga-bir mushtlashmoqchi ekanini ham bildirdi. Ammo jamoadoshlari va stadion qo‘riqchilari kattalashib ketishi mumkin bo‘lgan janjalning oldini olib qolishdi.


«Uotford» bu uchrashuv bilan qo‘shib hisoblaganda Angliya premer-ligasining so‘nggi 11 uchrashuvda 8 marta mag‘lubiyatga uchradi. O‘tgan haftada jamoa bosh murabbiyi Marku Silva iste'foga chiqarilib uning o‘rniga Xavi Grasiya taklif qilingandi. Grasiyaning birinchi uchrashuvi ham mag‘lubiyat bilan tugadi.

Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40
-
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
Jahon | 23:35
-
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi
Jahon | 23:14
-
14 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:59
Mavzuga oid

00:33 / 01.03.2020
APL. «Liverpul» «Uotford»ga yirik hisobda yutqazib, mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi

11:20 / 04.12.2019
Tomoshabinlar tashrifi: Superligada eng ko‘p muxlis qaysi klub va shaharlarda?

09:30 / 22.09.2019
«Siti» 18 daqiqada 5ta gol urib rekord o‘rnatdi. Keyin yana 3ta gol urdi

20:15 / 07.08.2019