Germaniya çempionatining 20-turida «Bayyer» «Maynts» ustidan ğalabaga erişdi. Leverkuzendagi «Bay-Arena» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Ikkinçi bölim boşida Leon Beyli hisobni oçdi va «Bayyer»ni oldinga boşladi, 68-daqiqada Vendell penaltini aniq ijro etib, «aptekaçilar» jamoasi ğalabasini mustahkamladi.
Endilikda «Bayyer» oçkolari sonini 34taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinçi öringa kötarildi. «Maynts» 20 oçkosi bilan 15-örinda.
Bu tur doirasida «Hannover» «Volfsburg»ni qabul qildi. «HDI-Arena» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlar jamoasining minimal ustunligi bilan yakunlandi.
Öyindagi yagona gol 72-daqiqada Yunus Malli tomonidan urildi.
«Volfsburg» çempionatda 3 dekabrdan buyon ilk ğalabasiga erişdi va 5 uçraşuvdan iborat bölgan ğalabasiz seriyasiga yakun yasadi.
Bundesliga turnir jadvalida endi «Hannover» 27 oçko bilan 10-örinda, «Volfsburg» 23 oçkosi bilan 13-örinda joylaşgan.
Germaniya çempionati
20-tur
Bayyer – Maynts 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 48 Beyli, 2:0 – 68, penalti Vendell.
Bayyer – Leno, Bender (Xenrixs, 64), Ta, Bender, Vendell, Baumgartlinger (Kor, 28), Arangis, Brandt (Xavertts, 82), Folland, Beyli, Alario.
Maynts – Tsentner, Gbamen, Xak, Diallo, de Yong (Berggren, 61), Donati, Brosinski (Xoltmann, 61), Serdar, Lattsa, Muto (Udja, 75), Kvayson.
Ogohlantirişlar: Beyli (2), de Yong (18), Donati (67).
Hannover 96 – Volfsburg 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 72 Malli.
Hannover 96 – Çauner, Anton, Sane, Elez (Bebu, 66), Zorg (Bensxop, 85), Şvegler (Karaman, 75), Fossum, Ostjolek, Klaus, Xarnik, Fyullkrug.
Volfsburg – Kastels, Verxag, Bruma, Knoxe, Tisseran, Gerxardt, Arnold, Şteffen, Didavi (Redjbetsay, 84), Malli (Yung, 90), Osimxen.




















