Ispaniya çempionatining 21-turida «Alaves» ustidan irodali ğalabaga erişgan «Barselona» mağlubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Öyinning 23-daqiqasida Yon Gvidettining aniq zarbasidan keyin mehmonlar oldinga çiqişgandi. Ikkinçi bölimda kataloniyaliklar Luis Suares (72-daqiqa) va Lionel Messi (84) urgan gollar evaziga ğalabaga erişdi.

Şu tariqa, kataloniyaliklar Primeraning joriy mavsumida mağlubiyatsiz seriyasini 21 öyinga yetkazişdi. Bu jamoa öz rekordini takrorlaşi böldi. Bu rekord 2009/10 yilgi mavsumda Xosep Gvardiola boşqaruvidagi jamoa tomonidan örnatilgandi.

Keyingi turda «Barselona» «Espanol» mehmoni bölişadi. Valverde jamoasi Kataloniya derbisida ğalabaga erişsa, rekord yangilanadi.

Ayni vaqtda «Barselona» Ispaniya çempionatida 57 oçko bilan yakka peşqadam bölib turibdi.