28 yanvarda Finlyandiyada prezident saylovlari bölib ötmoqda. Saylovlarda hammasi bölib 8 nomzod iştirok etmoqda. Ovoz beriş huquqiga 4,5 mln kişi ega. Muddatdan oldin 1,55 mln kişi ovoz berib bölgan.
Mamlakat böylab ertalabki soat 9dan saylov uçastkalari oçilgan va soat 20da yopiladi. Saylovlar Finlyandiyaning 13 ta saylov okrugida hamda mamlakatning xorijiy diplomatik missiyalarida bölib ötmoqda. 18 yoşdan boşlab saylovlarda iştirok etiş mumkin.
Prezidentlikka nomzodlar raqamlab çiqilgan, “1” raqami kimnidir oldindan yetakçi deb e'lon qilmaslik uçun işlatilmagan. Nomzodlar quyidagiça raqamlangan: 2 — “Söl ittifoq”dan Merya Kyullyonen; 3 — “Yaşillar ittifoqi” partiyasidan Pekka Xaavisto; 4 — “Finlyand markazi”dan sobiq boş vazir Matti Vanxanen; 5 — “Asl finnlar” partiyasidan Laura Xuxtasaari; 6 — Sotsial-demokratik partiyadan Tuula Xaataynen; 7 — Yevroparlament a'zosi Paavo Vyayuryunen; 8 — mustaqil nomzod Sauli Niinistyo; 9 — Şvetsiya xalq partiyasidan Nils Torvalds.
Saylovlar bir bosqiçda ötişi kutilmoqda, biroq zarurat bölsa, 11 fevralda ikkinçi bosqiç ötkaziladi.












