IIV Yonğin xavfsizligi institutiga joriy yilning 23 yanvar kuni Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi konsuli Kim Yong Xyon, 24 yanvarda esa Yaponiyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisining maslahatçisi Suda Asuşi boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi. Bu haqda IIV saytida xabar berilgan.

Institut boşliği, general-mayor A.Qöldoşev mehmonlarni ta'lim muassasasining bugungi kundagi faoliyati hamda Davlat yonğin xavfsizligi xizmati tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar bilan yaqindan taniştirdi. Muloqot çoğida Koreya Respublikasi va Yaponiyaning yonğin xavfsizligi yönalişida mutaxassis kadrlar tayyorlovçi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan özaro hamkorlik örnatiş va tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvlarda tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş va rivojlantiriş böyiça kelişib olişdi. Şuningdek, IIV Yonğin xavfsizligi instituti Koreya Respublikasi Ma'muriy boşqaruv va xavfsizlik vazirligining Yonğin xizmati milliy Akademiyasi hamda Yaponiya Yonğin va favqulodda holatlar agentligi Tokio Yonğin xizmati agentligi Akademiyasi örtasida özaro hamkorlik qiliş töğrisidagi Memorandum loyihasi ham taqdim etildi.

Uçraşuvda tomonlar özaro hamkorlik va tajriba almaşişga doir boşqa dolzarb masalalarni ham muhokama qilişdi.