Islom Karimov fondining Facebook’dagi sahifasida Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova bilan suhbat e'lon qilindi. Unda Tatyana Karimova prezident hayotiga oid ba'zi jihatlarni keltirdi.
“Faqat yaqinlari köra olgan jihatlar xususida ham sözlab bersam. Islom Abduğaniyeviç gul sovğa qilişni xuş körar edilar. Oila qurganimizning dastlabki kezlarida ham, keyinçalik Prezident bölganlaridan söng ham bundan bir olam zavq olardilar. Boğ-hovlida sayr qilib yurganimizda Islom Abduğaniyeviç hamişa biror gullagan novda yoki çeçak topib, menga tuhfa etar edilar. Bu xotiralarni qalbim törida saqlayman...
Dam oliş kunlari tennis kortidagi maşğulotlardan keyin şeriklar bilan boğ-hovlida sayr qilib yurgan paytlarimiz ham bölardi. Gohida Islom Abduğaniyeviç şeriklari uyga borganda öz rafiqalariga sovğa qilişlari uçun xuşböy şumurtdan yoki özlari sevgan rayhondan guldasta qilib berardilar.
Hamişa odamlar köngliga yoruğlik ulaşişni istardilar.
Islom Abduğaniyeviç qöli oçiq inson edilar. Umuman, sovğa ulaşişni yoqtirardilar. Uyimizda hamişa köplab suvenirlar bölar edi. Biznikiga mehmon kelib, kuzatayotganimizda qöllariga tuşgan buyumni hadya qilib yuborardilar. Men olib qolişni istagan buyumni sovğa qilib yuborsalar, ranjigan paytlarim ham bölgan. Islom Abduğaniyeviç istaganlarini tuhfa etib yuborişlari mumkin edi. Muhimi – sovğa mehmonga yoqsa bas. Bundan esa bir olam mamnuniyat tuyardilar.
Talabçan, ammo adolatli inson edilar. Özlariga ham, atrofdagilarga ham talabçan edilar. U kişining hayot tarzini, ta'bir joiz bölsa, zohidona deb sifatlaş mumkin. Taom tanovul qilişda qanoatli bölib, aslo me'yordan oşmas edilar. Butun umr sportga oşno yaşadilar. Hamişa yaxşi sport formasida bölişga intilganlar. Yoşliklarida kuraş bilan şuğullanganlar. Hayotlarining sönggi kunlariga qadar maşq zaliga borişni kanda qilmaganlar. Qolaversa, suziş va tennis bilan şuğullanganlar.
Odatda, yillik mehnat ta'tillari bir haftadan oşmasdi, şunda ham bu yil böyi olinadigan ikki-uç kunlik qisqa tanaffuslar edi.
Biz öşa kezlar toqqa, Toşkent yaqinidagi Qaynarsoy maskaniga çiqardik. U kişi mahalliy manzaralarni yaxşi körar, yurtimiz tabiati gözalligini benazir deb hisoblar edilar.
Şifokorlarga murojaat qilişni xuş körmas edilar va u kişini biror tibbiy körikka boriş uçun köndirişim oson bölmas edi. Butun fikru xayollari iş bilan band bölardi.












