Islom Karimov fondining Facebook’dagi sahifasida Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova bilan suhbat e'lon qilindi. Unda Tatyana Karimova birgalikda keçirilgan hayot, öşa paytdagi qiyinçiliklar haqida aytib ötdi.
“Töydan keyin Toşkentdagi ikki xonali kvartirada juda oddiy hayot keçira boşladik. Bu kvartirani Islom Abduğaniyeviç Davlat plan komiteti raisining yordamçisi bölgan kezlarda olganlar. Tinç-totuv yaşaganmiz, maoşimiz unça katta bölmagani bois ta'mir işlarini özimiz qilganmiz. Böyoq olib kelib, özimiz xona oqlaganmiz, eşik böyaganmiz, polni loklaganmiz, balkon derazasiga oyna solganmiz. Heç qaçon ta'mir işidan qoçmaganmiz. Odatda, Islom Abduğaniyeviç uydagi ta'mir yumuşlarini özlari qilardilar. Barça işlari baroridan kelar edi. Sirasini aytganda, u kişi barini öz qöllari bilan qilişni yaxşi körardilar. Kerak paytda qidirib qolmasdik,turli asboblar solingan butun boşli jomadonim bölardi. Parma, böyoq çötkasi, qisqiç, ombur, buragiç, bolğa va boşqa birtalay asboblar zarur paytda asqotardi.
Bir gal Islom Abduğaniyeviç pol böyayotib lok hididan qattiq zaharlandilar. Kuçli astma xuruji boşlandi, lekin “tez yordam” çaqirişga izn bermadilar. Tuni bilan sut içirdim. Öşa voqeadan keyin böyoq hidini xuşlamaydigan bölib qoldilar.
Islom Abduğaniyeviç şanba va yakşanba kunlari odatda soat 4 ga qadar işlardilar, keyin zarur bölsa birgalikda oqlaş va böyaş yumuşlarini qilardik.
Islom Abduğaniyeviç qanday lavozimda işlamasinlar, heç qaçon xizmat vazifasidan foydalanmaganlari, vakolatlarini suiiste'mol qilmaganlariga guvohman. U kişidan pastroq darajadagi mansabdorlar ham boşqaça yaşar va şu bois gohida umr yöldoşimning ustlaridan kulişar edi. Ammo bu – Islom Abduğaniyeviçning qat'iy pozitsiyasi edi.
Hatto davlat boğ-hovlisida yaşaganimizda ham avvalgidek aksar işlarni özlari qilişni afzal bilardilar. Masalan, keçqurun işdan keyin devorga kartina osiş yoki mebel örnini özgartiriş fikri tuğilib qolardi. Garçi men e'tiroz bildirib, bu işni ertasi kuni xizmatçilar bilan qilişlarini sörasam-da, Islom Abduğaniyeviç kutib ötirmay özlari işga kirişib ketardilar”.












