Özbekiston yoşlar terma jamoasi öz tarixida birinçi marta Xitoyda bölib ötgan Osiyo çempionatida ğalaba qozongan edi.
28 yanvar kuni terma jamoa a'zolari yurtimizga qaytib keldilar. Şundan söng, poytaxtimizdagi «Özbekiston» mehmonxonasida çempionlarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Yoşlar terma jamoasi a'zolari va murabbiylariga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning sovğalari - Chevrolet Malibu rusumidagi avtomobillar topşirildi.
Sports.uz xabariga köra, Qaşqadaryo viloyati hokimiyati ham Osiyo çempioni bölgan «Nasaf»ning 4 futbolçisiga Nexia rusumidagi avtomobillarni topşiriş haqida qaror çiqargan. Ular - yarimhimoyaçilar Odil Hamrobekov, Azizjon Ğaniyev, Doniyor Narzullayev va hujumçi Bobir Abdixoliqov.












