«Nasaf» yarim himoyaçisi Odil Hamrobekov faoliyatini «Paxtakor»da davom ettiradigan böldi.
PFL matbuot xizmatidan ma'lum qilişlariça, bugun «Paxtakor» rasmiylari 22 yoşli futbolçi bilan tuzilgan şartnomani röyxatdan ötkaziş uçun olib kelişgan. PFL endilikda mazkur öyinçi ham kiritilgan yakuniy röyxatni Osiyo Çempionlar ligasi bahslarida qatnaşiş uçun OFKga yuboradi.
«Championat.asia» naşri ma'lumotiga köra, «Nasaf» bilan şartnoma muddati tugaşiga bir yil qolgan Hamrobekovning transfer qiymati 2,5 milliard sömni taşkil etgan. Kelişuvga asosan, Odilning keyingi transferlaridan 20 foiz tuşum «Nasaf»ga tegişli böladi.
Ma'lumot uçun, namanganlik xavbek «Nasaf» akademiyasi tarbiyalanuvçisi sanaladi. U Özbekiston yoşlar terma jamoasi safida 2018 yilgi Osiyo çempionatida ğolib çiqqan, musobaqaning eng yaxşi futbolçisi deb topilgandi. Milliy terma jamoaning Osiyo Kubogi uçun yakuniy tarkibidan örin olgan Hamrobekovga musobaqada debyut qiliş nasib etmadi.

Ayni paytda BAAda yiğin ötkazayotgan «Paxtakor» hozirça uşbu transfer haqida e'lon qilganiça yöq. Hamrobekov «şerlar» bilan qança muddatga bitim tuzgani noma'lumligiça qolmoqda.
«Şerlar» keça Şvetsiyaning «Erebru» klubi bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazib, 2:2 hisobida durang qayd etişdi. «Paxtakor» safidan gollarga Akram Komilov va Jaloliddin Maşaripov mualliflik qilişdi. Jamoa ertaga, 6 fevral kuni keçqurun Toşkentga qaytib keladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston vitse-çempioni OÇL-2019 saralaşi ikkinçi ötiş bosqiçi doirasida 12 fevral kuni öz maydonida Iroqning «Eyr Fors» jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.












