22 yoşli yarimhimoyaçi Birlaşgan Arab Amirliklarining «Şabab Al-Ahli» klubi bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Şartnoma şartlari va muddati ma'lum qilinmagan.

Osiyo çempionlar ligasi iştirokçisi sanalmiş uşbu klub «V» guruhida «Paxtakor» jamoasining raqibi sanaladi. Argentinalik mutaxassis Rodolfo Arruabarrena qöl ostidagi jamoa 10 fevral kuni 1-tur doirasida Toşkentda mehmon böladi.

BAA çempionati 15-turidan keyin 36 oçko bilan peşqadamlik qilayotgan «Şabab Al-Ahli» jamoasi yakşanba kuni sönggi tur doirasida «Al-Fujayra» bilan 0:0 hisobini qayd etdi.

Ma'lumot uçun, yana bir hamyurtimiz Otabek Şukurov töp surayotgan «Şarja» klubi çempionatda «Şabab Al-Ahli»dan keyingi 2-örinni band etib turibdi.

Eslatib ötamiz, oldinroq «Nasaf» boş murabbiyi Röziqul Berdiyev Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda Azizjon Ğaniyev borasida muzokaralar davom etayotganligi haqida aytgandi.