Qimor öynaş milliy qonunçilikda ham, muqaddas dinimizda ham taqiqlangan. Biroq, nurotalik Ş.Ş. na unisini, na bunisini pisand etmaydiganlardan çiqib qoldi, deb xabar bermoqda ÖzA.

Biror işning boşini tutmagan “qahramonimiz”ning qilmişlari joriy yil 9 yanvar kuni içki işlar organlari tomonidan tumanda ötkazilgan “Kompleks” tadbiri davomida foş etildi. U öz uyida qimor öyini taşkil etib, 150 ming söm evaziga 6 nafar qimorbozga şaroit yaratib beradi. Tekşirişlar davomida qimorxonadan 120 dona karta, 4 million söm pul, 400 AQŞ dollari va ijara haqi bölgan 150 ming söm aşyoviy dalil sifatida olib, rasmiylaştirildi. 

Ijtimoiy xavfli qilmişi sabab Ş.Ş.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-modda 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.