Qömita xabarida qayd etilişiça, ötgan asrning 60–70-yillarida Nurota tizma toğlarida Qizilqum arxarlarining atigi 60–70 boşi qolgan.

1975-yilda Nurota davlat qöriqxonasi taşkil etilib, arxarlar muhofaza ostiga olingan. Bu yöqolib borayotgan populyatsiyani saqlab qoliş imkonini bergan. Keyingi ön yillikda ularning soni barqarorlaşgan.

p
pp

Qömitaga köra, olib borilayotgan muhofaza çoralari natijasida arxarlar soni köpaymoqda. Oxirgi bahorgi sanoqda 2130 boş qayd etilgan.

Qizilqum arxari zaif, soni qisqarib borayotgan va alohida hududlarda tarqalgan kenja tur sifatida Özbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqining Qizil röyxati hamda CITES konvensiyasining II ilovasiga kiritilgan.

Hozirda bu jonivorlar Nurota va Oqtoğ tizmalarida, Tomditoğ qoldiq toğlarida hamda Turkiston tizmasida saqlanib qolgan. Qömita maʼlumotida ular Molguzar tizmasida ham uçraşi mumkinligi qayd etilgan.

Qizilqum arxarlari toğlarning örta va yuqori qismlarida, dengiz sathidan 500–2000 metr balandlikda yaşaydi.