Butun insoniyat uçun muloqot qilişning universal vositasi musiqa sanaladi. Harvard universitetidan bölgan amerikalik olimlar şunday xulosaga kelişdi.

Surrent Biology’ning ta'kidlaşiça, tadqiqotda 60 mamlakatdan bölgan 750 nafar internet foydalanuvçi iştirok etdi. Barça qatnaşçilarga turli xalqlar va madaniyatlarga tegişli, tasodifan tanlangan kompozitsiyalardan kiçik bir qismni tinglaş taklif etilgan.

Sinovda qatnaşganlar qöşiq janrini aniqlaşlari va uşbu musiqa tufayli qanday kayfiyatga tuşganliklarini bildirişlari lozim edi. Köp holatlarda insonlar musiqa yönalişi hamda xarakterini aniq topişgan, garçi bu haqda avval ma'lumotga ega bölişmagan.

Olimlar qöşiqlar janri va ularning turli madaniyat vakillari tomonidan sub'yektiv baholanişi örtasida aloqa borligini ham aniqlaşdi.