Islom Karimov fondi Facebook’dagi sahifasida Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova bilan suhbatni e'lon qildi. Unda Tatyana Akbarovna Islom Karimovning bolalik yillari haqida avval noma'lum bölgan ba'zi ma'lumotlarni taqdim etgan.
“Islom Abduğaniyeviçning bolaligi uruş va uruşdan keyingi oğir damlarga töğri keldi. Kiçiklikdayoq peşona teri bilan non topiş nima ekanini bildilar. Uruşdan keyin barça maşaqqatli hayot keçirgani ma'lum. Ularning ham oilalari ehtiyojmand edi. Samarqandning eski şahar qismida yaşagan oddiy oila. Islom Abduğaniyeviç maktabga çiqqan kezlari rus tilini bilmas edilar, ammo bukilmas iroda, qat'iyat va sobitqadamlik bois maktabni oltin medalga bitirdilar. U kişi yozgan inşolar namuna ölaroq butun sinfga öqib berilgan ekan. Keyinroq sinfdoşlari tan olişiça, Islom Abduğaniyeviçning inşolaridan oliy öquv yurtiga kiriş imtihonida “şpargalka” sifatida foydalanişgan. Şu tariqa oddiy oilada voyaga yetgan yigit maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, taqdiriga peşvoz çiqmoq uçun safarga otlandi. Öşa kezlar oltin medal va olam-olam orzular u kişining bor-yöq bisoti edi. Taqdir hukmi bilan kindik qoni tökilgan ona zaminga mustaqil Özbekistonning Birinçi Prezidenti bölib manguga qaytdilar.
Sinfdoşlaridan biri Islom Abduğaniyeviçning şaxsiy maslagini yorqin namoyon etuvçi, maktab yillariga doir bir voqeani xotirlagan edi. Yozgi meva yiğim-terimi payti yoşi uluğ bir kişi bolalardan kelajakda kim bölişlari haqida söraydi. Köpçilik uçuvçi, tokar kabi kasblarni egallaş istagini bildiradi. Islom Abduğaniyeviçning javobi esa bolalarni ham, kattalarni ham hayron qoldiradi: “Men Amir Temurga öxşasam deyman!”
Maktab yillaridanoq Maksim Gorkiy hikoyasi personaji – öz jonidan keçgan, yuragini maş'al kabi yoqib xalqni qutqarib qolgan Danko eng sevimli adabiy qahramonlari bölgan. Uning “Otaş kabi yonib, özgalar yölini yorit!” degan şiori yoş Islom Abduğaniyeviçning yuraklarida muhrlanib qolgan. Bu keyinroq Prezidentning hayotiy maslagiga aylandi”.












