Şahrisabz şahriga taşrifi doirasida Prezident Oqsaroy maydonidagi «Koba» madaniyat majmuasida viloyat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirişga qaratilgan loyihalar bilan tanişdi.

Uşbu loyihalar iqtisodiy jihatdan rang-barang bölib, barçasi aholi farovonligi va turmuş darajasini yuksaltirişga qaratilgani ta'kidlangan.

Prezidentga dastlab Qaşqadaryo viloyatida 2018-2019 yillarda turizm infratuzilmasi obektlarini barpo etiş rejasi taqdim qilindi. Rejaga köra, 167 ta loyiha amalga oşiriladi. Xususan,zamonaviy mehmonxonalar taşkil etiş, transport xizmatlari körsatiş, dam oliş va köngiloçar hududlar taşkil etiş, tarixiy-madaniy obidalarni ta'mirlaş közda tutilgan. «Özbekturizm» kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan loyihalardan yana biri eko va etno turizmni rivojlantiriş, Amir Temur tuğilgan maskanni turizm maskaniga aylantirişga qaratilgan. 

Davlati rahbari bugun dunyoda köplab davlatlar bu sohani özlaştirib, katta daromad olayotganini ta'kidlab, yurtimizdagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalaniş böyiça topşiriqlar bergan.

Yana bir muhim taşabbus Qaşqadaryo viloyati köp qavatli uy-joy fondini ta'mirlaş dasturini amalga oşiriş hamda xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan. Viloyatda jami 1 ming 656 ta köp qavatli uy-joy bölib, ularga 151 ta xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati xizmat körsatadi. Ma'lumotlarga köra, ötgan yili 346 ta köp qavatli uy-joy ta'mirlangan. Tijorat banklari tomonidan 13 milliard söm imtiyozli kredit mablağlari ajratilgan. Joriy yilgi dasturda 48,1 milliard söm jalb etiş közda tutilgan.

Qaşqadaryo viloyati böyiça asosiy iqtisodiy körsatkiçlar va soliq tölovçilar soni, yirik korxonalar tomonidan byudjyetga tölanadigan tölovlar, joriy yilgi prognoz körsatkiçlar haqidagi ma'lumotlar navbatdagi taqdimotda namoyiş etilgan.

Şavkat Mirziyoyevga jismoniy şaxslarning köçmas mulk obektlari va yer maydonlarini hisobga oliş va soliq undiriş hisobidan byudjyetga tuşumlar, tuman va şahar soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmalari töğrisidagi loyihalarni soha rahbarlari taqdim qilgan. Davlat rahbari bu borada ularning takliflarini tinglar ekan, bu borada zarur körsatmalar berdi, takliflar bildirgan.

Viloyatda içimlik suvi ta'minotini yaxşilaş loyihasida içimlik suvi oliş inşootlarini quriş, 77 kilometr magistraltarmoği, 162 kilometr içki tarmoq tortiş, 16 ta suv taqsimlaş inşooti quriş közda tutilgan.

Toşguzar-Şahrisabz-Kitob temir yölini modernizatsiya qiliş va elektrlaştirişni nazarda tutuvçi loyiha Şahrisabz şahrigaça tezyurar poyezd qatnovini yölga qöyişni közda tutadi.