Islom Karimov fondining Facebook’dagi sahifasida Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova bilan suhbat e'lon qilindi. Unda Tatyana Karimova Islom Karimov bilan qanday tanişgani haqida aytib berdi.

“Islom Abduğaniyeviç bilan 1970 yili Samarqandda, muhandislik-texnologiya fakultetining oxirgi kursida öqigan kezlarim tanişganmiz. Birinçi uçraşuvimiz ularning akalari Ibod Ğaniyeviçning uyida bölgan. Ibod Ğaniyeviçning rafiqasi Xayriniso Sultonovna mening xolavaççam edi. Men talabalar yotoqxonasida istiqomat qilar, darsdan keyin ularnikiga tez-tez mehmonga borib turar edim. Ibod Ğaniyeviç oqköngil, aqlli va odamşavanda inson, boz ustiga, yaxşi suhbatdoş ham edilar. 

Yangi yil eşik qoqib turgan kunlarning birida opamnikida ötgan navbatdagi mehmondorçilikdan söng endigina ketişga taraddud körib turganimda bir yigit kelib qoldi. Uni menga Ibod Ğaniyeviçning ukasi deb taniştirişdi. Bu Islom Abduğaniyeviç edilar. Birinçi uçraşuvimizda deyarli gaplaşmadik. Öşanda opam yöldan kelgan mehmon qölini yuvişi uçun közadan suv quyib berişimni söradilar. Keyin oila davrasida yana bir neça bor uçraşdik. 

Keçagidek yodimda, martning yettinçi kuni, ayni bayram arafasi edi. Köklamning xuş iforga töla iliq havosi. Şiğalab yoğib ötgan yomğirdan keyin atrof-borliq toza, musaffo va gözal bölib ketgan. Kölmaklarda osmon parçasi aks etar, köngillar yorişib, farahbaxş hislarga limmo-lim tölgan edi. Men talabalar yotoqxonasida edim. Ittifoqo meni birov sörab kelganini xabar qilişdi. Kelgan inson kim ekanini tasavvur ham qila olmaganim rost. Çiqib kördimki, meni yöqlab kelgan odam Islom Abduğaniyeviç ekanlar.

Meni xiyobonda sayr qilişga taklif etdilar. Biz ilk bor yolğiz özimiz körişib, gaplaşib turgan edik. Tabiat, ob-havo, öqiş haqida suhbatlaşdik. Odatiy suhbat. Lekin sayr asnosida Islom Abduğaniyeviç töxtab, heç kutilmaganda “Menga turmuşga çiqasizmi?” deb söradilar. Men uçun bu mutlaqo kutilmagan hol edi. Qanday izohlaşni ham bilmayman: aql vaziyatni hali töliq anglab, baholab bölmasdan, qalb va yurak “ha” deya javob berib bölgan edi. Köngil şubhayu gumondan xoli kezlarda şunday böladi. Men bu insonning içki kuçi, samimiyati, jozibasi, qat'iyati va nedir bir ohanrabosini sezgan bölsam kerak... Men “ha” deya javob berdim. Bari ana şunday keçgan edi. Bor-yöği bir neça qisqa uçraşuv...

Islom Abduğaniyeviç aprelda ota-onamdan qölimni söragani Quvasoyga bordilar. Töyimiz may oyida dastlab Samarqandda, keyinroq Quvasoyda bölib ötdi”.