Islom Karimov fondining Facebook’dagi sahifasida Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova bilan suhbat e'lon qilindi. Unda birinçi prezident qanday ota, qanday bobo bölganlari haqida ham ma'lumot berildi.
“Islom Abduğaniyeviç qorni, alalxusus, birinçi qorni juda yaxşi körardilar. Qorda farzandlar, keyinroq nabiralar bilan sayr qiliş uçun hamişa vaqt topişga intilardilar. Islom Abduğaniyeviç bolalarni suziş, qörqmay suvga şönğiş, velosiped minişga örgatdilar.
Kenja qizimiz Lola kiçkinaligida uni çanada uçiriş va qorbobo yasaş uçun köçaga olib çiqar edilar. Kuzda daraxt barglarini töplaşardi, öşa gerbariylar hozirgaça saqlanadi. Yakşanba kunlari esa ular boğ-hovlida velosipedda uçişardi.
Keyinroq Islom Abduğaniyeviç boğ-hovli hududida öşanday tuganmas zavq ila nabiralar bilan sayr qildilar, ularga ham suziş, velosiped miniş va tabiat gözalligini his etişni örgatdilar. Bolalar skeytbord va rolikda uçayotganini tomoşa qilişni yaxşi körardilar. Ularning abjirligidan hayratga tuşardilar, bu boradagina oddiy kuzatuvçi edilar.
Islom Abduğaniyeviç Prezidentlikka kirişganlaridan keyin yanada band böldilar va şu bois biror yerga borişga vaqt ham bölmas edi. Umr yöldoşim işga yanada köproq diqqat-eʼtibor qaratgan edilar va oila uçun yanada kamroq vaqt qolgan edi.
Taqdir menga butun umr Islom Abduğaniyeviçga xizmat qilişni nasib etdi. Men turmuş örtoğim işlaşi uçun, ayniqsa, Prezident bölganlaridan keyin imkon qadar kerakli şart-şaroit yaratişga intildim. Negaki, Islom Abduğaniyeviç uçun iş juda ham muhim ekanini yaxşi bilar edim.
U kişi kuçli iroda va xarakter sohibi bölib, juda köp işlar edilar. Biz oila qurgan kezlarimizda kamolga yetgan inson edilar. Men öşandayoq u kişining şaxsiyati kölamini anglagan, murakkab, lekin şarafli bir yölni bosib ötişlarini his etgan edim.
Men hamişa Islom Abduğaniyeviçga hamnafas böldim. Mendan butun umr izlaniş, ösiş, matonatli böliş va tuşunişga odatlaniş, takomillaşiş yölidan yurmoq talab etildi. Negaki, umr yöldoşim mudom öqib-izlanib yuksak çöqqilar sari talpinardilar. Muhabbat bizni birlaştirdi, butun hayot yölimizni yoritdi…”.












