SAVOL: Bizning işxonamizda farroş yöq. Korxonamiz rahbari işdan böşatiş bilan tahdid qilib, xodimlarni xizmat xonalarini tozalaşga majburlamoqda. Bu esa bizning xizmat vazifalarimizga ham kirmaydi. Mehnat şartnomasida ham nazarda tutilmagan va buning uçun haq ham tölanmaydi. Direktorning harakatlari qonuniymi?

D.Tölqinov

JAVOB: Yöq, direktorning harakatlari qonunga zid va uşbu holat majburiy mehnat sifatida baholanadi. Mehnat kodeksining 7-moddasiga asosan majburiy mehnat, ya'ni biron-bir jazoni qöllaş bilan tahdid qiliş orqali (şu jumladan, mehnat intizomini saqlaş vositasi tariqasida) iş bajarişga majburlaş taqiqlanadi.

Quyidagi işlar, ya'ni:

  • harbiy yoki muqobil xizmat töğrisidagi qonunlar («Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi Qonun) asosida;
  • favqulodda holat yuz bergan şaroitlarda;
  • sudning qonuniy kuçga kirgan hukmiga binoan;
  • qonunda nazarda tutilgan boşqa hollarda bajarilişi lozim bölgan işlar majburiy mehnat, deb hisoblanmaydi.

Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 177-moddasiga asosan iş beruvçi xodimdan uning mehnat vazifasi doirasiga kirmaydigan işlarni bajarişni, qonunga xilof yoki xodim va boşqa şaxslarning hayoti yoki soğliği uçun xavf tuğdiruvçi, ularning şa'ni va qadr-qimmatini kamsituvçi harakatlar qilişni talab etişga haqli emas.

Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.