Bloomberg naşri dunyo davlatlarining an'anaviy innovatsiyalar indeksini çop etdi. Reytingda ilmiy-tadqiqot faoliyati rivojlanişi, oliy ta'lim samaradorligi, patentlar miqdori, mamlakatda işlab çiqariluvçi innovatsion mahsulotlar hisobga olinadi.

Reytingning birinçi poğonasini 5 yildan beri Janubiy Koreya egallab kelmoqda. Uşbu davlat patent faolligi körsatkiçi böyiça yetakçilik qilmoqda. Bloomberg ma'lumotlariga köra, 2000-yillarda Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi AQŞda IBM’dan taşqari, boşqa istalgan kompaniyadan köproq patent olgan. 

2-örinda ötgan yildagidek Şvetsiya joylaşdi, 3-örinni Singapur egalladi. Singapur Germaniya, Şveytsariya va Finlyandiyani birinçi navbatda oliy ta'limning yuqori samaradorligi va ommabopligi hisobiga ortda qoldirgan. 

AQŞ 11-öringa tuşib ketib, 6 yil içida ilk bor yuqori öntalikni tark etdi. Bunga mamlakatda oliy ta'lim samaradorligi pasaygani sabab bölgan. Xitoy 2 öringa yuqorilab, 19-örinni egallagan. Rossiya esa bir öringa – 26-örindan 25-öringa kötarildi.