Apple kompaniyasi iPhone X işlab çiqariş körsatkiçlarini yanvardan boşlab uç oyga qisqartirmoqçi. Nikkei şu haqida xabar berdi. 

Manbada ma'lum qilinişiça, 40 million smartfon körsatkiçi 20 millionga kamayadi. Bunday qarorga yangi avlod smartfonining Yevropa, AQŞ va Xitoy bozorlarida kutilganidan kamroq sotilişi sabab sifatida keltirilmoqda. 

Ta'kidlaş joizki, Apple nisbatan arzon modellar (iPhone 8, 8 Plus va 7) uçun 30 million maqsadli körsatkiçini özgartirmaydi.

Apple kompaniyasi Nikkei xabariga izoh bermadi. 

Joriy yilning kuzida iPhone smartfonlari qatori quyidagiça köriniş olişi kutilmoqda: iPhone SE — 349 dollar, iPhone 7 va iPhone 7 Plus: 449 dollar va 569 dollar; iPhone 8 va iPhone 8 Plus: 549 dollar va 669 dollar; 6,1 dyuymli Face ID'ga ega iPhone: 649 yoki 749 dollar; 5,8 dyuymli iPhone X: 999 dollar; 6,5 dyuymli iPhone X Plus: 1099 dollar.