Qozoğistonda 2018 yildan 500 kilometr yöllar pullik böladi. Bu haqda mamlakat milliy iqtisodiyot vaziri Temur Sulaymonov Qozoğiston Respublikasi hukumatining bugun bölib ötgan yiğilişida xabar berdi.
Uning sözlariga köra, joriy yilda «Markaz - Janub» va «Markaz - Şarq» transport yölaklarini quriş işlari davom ettiriladi.
«Yangi yöllarni sifatli saqlaş va harakat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida 500 kilometrlik yöllarda pullik tizimni joriy etiş rejalaştirilmoqda. Transport oqimlarini samarali boşqariş uçun intellektual transport tizimini bosqiçma-bosqiç tatbiq etiş böyiça band qabul qilinadi», - deya qöşimça qilib ötdi vazirlik rahbari.
Uning ta'kidlaşiça, iqtisodiy siyosat iqtisodiyotning barqaror ösişi va inflyatsiyani 5-7 foizlik darajada ta'minlaş imkonini beradi.












