Nigeriya poytaxti Abuja şahri yaqinida avtobus iştirokida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida kamida 20 kişi halok böldi. Bu haqda TVC news xabar qilmoqda.
Politsiya vakili Umar Ibrohimning xabar berişiça, 17 inson hodisa joyida vafot etgan, yana uç nafari şifoxonada hayotdan köz yumdi, yetti inson hamon jonlantiriş bölimida qolmoqda.
Ta'kidlanişiça, hodisa haydovçi boşqaruvni yöqotgani va yuk maşinasiga kelib urilgani sababli yuz bergan.












