Dunyoda eng keksa erkak hisoblangan ispaniyalik Fransisko Nunes Olivera 113 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda 30 yanvarda EFE axborot agentligi xabar berdi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, qariya 29 yanvarda Benvenida munitsipalitetidagi uyida hayotdan köz yumgan.
Olivera 1904 yil 13 dekabrda tuğilgan. 1925 yilda armiyaga xizmat qilgani borgan, Ispan-frank-marokaş uruşi va fuqarolik uruşida iştirok etgan. Şundan keyin u öz ona şahrida yaşab, qişloq xöjaligi bilan şuğullangan. 1988 yilda qariya beva bölib qolgan. Uning ortidan 4 farzandi, 9 nabirasi va 15 evarasi qoldi.
Olivera ötgan yil yozida Isroilning Xayfa şahrida yaşovçi Israel Kriştal 114 yoşida vafot etgandan keyin dunyoning eng keksa erkagiga aylangandi.
Ayni vaqtda dunyodagi eng keksa odam 1900 yil 4 avgustda tuğilgan yaponiyalik ayol Nabi Tadzima hisoblanadi.











