
Kuni keça Toşkent şahridagi “Oqtepa lavaş” kafesida röy bergan mojaro internet foydalanuvçilari tomonidan keng muhokama qilindi. Bunga mijozlardan biri tomonidan kafedagi non mahsuloti qadoği va devorlarda yurgan suvaraklar tasviri tuşirilgan videorolik sabab böldi.
Uşbu vaziyatga “Oqtepa lavaş” kafesi ma'muriyati öz munosabatini bildirdi. Olib borilgan işlar videomurojaat tariqasida ma'lum qilindi.
- Assalomu alaykum hurmatli hamşaharlar va mehmonlar, - deya gap boşlagan özini “Oqtepa lavaş” kafesining boş menejyeri deb taniştirgan Şuhrat ismli şaxs. – Keça bölib ötgan voqealarga qisqaça izoh beraman. Biz joriy yilning 15 yanvar kuni tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bilan birga dezinfeksiya işlarini olib borgan edik. Ammo bu natija bermadi. Çunki kafe tepasida aholi turar-joyi mavjud. Şundan söng, 29 yanvar kuni sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga yana murojaat qildik va kafe tepasida joylaşgan aholi turar-joylari bilan qöşib, qayta dezinfeksiya işlarini olib bordik.

Bundan bu yoğiga bunday köngilsiz holatlar bölmasligiga barça mehmonlar va mijozlarimiz oldida va'da beramiz, - deya öz sözlarini yakunlagan boş menejyer.
Bundan taşqari, kafe ma'muriyati va işçi-xodimlari mijozlardan uzr söraş maqsadida öziga xos köriniş qilişgan.














