2019 yilning 4-7 iyun kunlari Toşkent şahrida istiqomat qiluvçi jami 49 nafar fuqaro “ovqatdan toksikoinfeksiya” taşxisi bilan Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yukumli kasalliklar ilmiy tekşiriş instituti, 2 va 5-sonli yuqumli kasalliklar şifoxonalariga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan ötkazilgan tekşiruvda, uşbu fuqarolar şifoxonaga murojaat qilişidan avval Uçtepa tumani, Lutfiy köçasi, Sergeli tumani, Yangi Qöyliq köçasi, 7b-uy hamda Sergeli tumani, Yangi Sergeli köçasi, 21-uyda joylaşgan “Oqtepa lavaş” (“Grand Azia Plus” MÇJ) umumovqatlaniş tarmoğining uçta şoxobçalarida tez tayyorlanuvçi taomlarni (“sendviç”, “lavaş” va “pitssa”) iste'mol qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 07.06.2019 yilda Toşkent şahar prokurori tomonidan “Grand Azia Plus” MÇJ mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda jinoyat işi böyiça Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Boş prokuratura xabarida.

Soğliqni saqlaş vazirligi Toşkentdagi ovqatdan zaharlaniş holati böyiça qöşimça ma'lumot berdiToşkentda ovqatdan zaharlanganlar soni 41 nafarga yetdi. «Oqtepa lavaş» hodisa uçun javobgarlikni zimmasiga olgan