Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati sobiq raisi, general-polkovnik Rustam Rasuloviç Inoyatovning tarjimai holi:
Rustam Inoyatov Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida tuğilgan. Otasi - Rasul Inoyatov, KGB polkovnigi.
1965 yildan 1967 yilga qadar Toşkent quriliş trestida betonçi bölib işlagan, şu bilan birga, universitetda ta'lim olgan. 1968 yilda Toşkent davlat universitetining eron filologiyasi fakultetini tamomlagan.
Universitetni bitirganidan söng SSSR armiyasi safida xizmat qilgan. Harbiy xizmatni ötaş çoğida SSSR KGB xizmatiga qabul qilingan. ÖzSSR KGB, SSSR KGB Birinçi boş boşqarmasida turli zobitlik lavozimlarida işlagan.
1976 – 1981 yillarda – Afğonistonda diplomatik himoya ostida rezidentura xodimi.
1995 yilning 27 iyunidan – Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi.
1996 yilda «general-leytenant» unvoni berilgan, 1999 yilda - «general-polkovnik».
1999 yildan Özbekiston Tennis Federatsiyasi prezidenti sanaladi.
«Şon-Şaraf» ordeni sohibi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rustam Inoyatov MXX rahbarligidan ketgani, Ixtiyor Abdullayev MXXning yangi raisiga aylangani xabar berilgandi.











