Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Ixtiyor Abdullayev öz arizasiga binoan iste'foga çiqqan Rustam Inoyatov örniga Milliy xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi.
«Kun.uz» manbasi ma'lumot berişiça, prezident iştirokida ötkazilgan MXX hamda prokuratura organlari xodimlari iştirokida ötkazgan yiğilişda Ixtiyor Abdullayev örniga prezidentning davlat maslahatçisi Otabek Bahriddinoviç Murodov respublikaning yangi Boş prokurori etib tayinlandi.

Ixtiyor Abdullayev 1966 yilning 22 mayida Farğona viloyati Uçköprik tumanida tuğilgan. U Perm davlat universitetini tamomlagan. Turli yillarda adliya sohasidagi turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan Ixtiyor Abdullayev 2006 yildan prezident maslahatçisi lavozimida işlagan, 2010 yildan buyon Oliy Majlis senatori. 2015 yilning 21 aprelida Ixtiyor Abdullayev Raşid Qodirov örniga Özbekiston Respublikasi Boş prokurori lavozimiga tayinlangandi.












