AQŞ Mudofaa vazirligi rahbari Jyeyms Mettis Pentagon binosiga şaxsiy mobil telefonlarni olib kirişni taqiqlaş masalasini körib çiqmoqda. Bu haqda CNN manbalarga tayangan holda xabar qildi.
Ta'kidlanişiça, ayni damda soni taxminan 23 ming kişiga teng bölgan Amerika mudofaa mahkamasi xodimlari kiriş çoğida aloqa vositalari va boşqa elektron qurilmalarni topşirişga majburlar.
Şu bilan birga, mahkama bu qoida buzilganini bir neça marta qayd etgan. Ba'zi xodimlar mobil qurilmalarni olib kirişning uddasidan çiqişgan.
Şu sababdan AQŞ Mudofaa vazirligi maxsus tadqiqot taşabbusi bilan çiqdi, u binodagi maxfiylikda kamçiliklarni aniqlab berişi lozim böladi.
Telekanal ma'lumotlariga köra, Mettis hozirça yakuniy qarorni qabul qilmagan, masala körib çiqilmoqda.












