Rossiya paxta yetiştirişni boşlamoqçi. Paxta yetiştiriladigan maydon 200 ming gektardan köproqqa baholanmoqda. 2018 yilda ming gektar yerga paxta ekilmoqçi.

“Paxta yetiştiriş böyiça iş boşlanmoqda, bu biz uçun yangi ösimlik, biz tayyormiz. Ayni vaqtda texnologiya masalalari hal qilingan, joriy yilda Astraxan va Volgogradda ming gektar yerga çigit ekiladi”, deb aytgan Rossiya qişloq xöjaligi vazirligining ösimlikşunoslik, mexanizatsiyalaş, ösimliklarni kimyolaş va himoyalaş departamenti direktori Pyotr Çekmaryov Butunrossiya agronomlari yiğilişida. 

“Bizda imkoniyat bor, bizda paxta yetiştirsa böladigan 200 ming gektar maydon bor. Şu sababli uşbu xom aşyo bilan özimizni ta'minlaş uçun bu yönalişdagi işni davom ettiramiz va takomillaştiramiz”, deb aytgan Çekmaryov.

“Gap nimada – men hozirgina Özbekistondan qaytdim. Uç yildan keyin biz bu yerlardan paxta ololmaymiz, çunki ularda paxtani qayta işlovçi kombinatlar qurilişi faol tarzda olib borilmoqda va ular bizga bir tonna ham paxta xom aşyosi sotişmaydi”, deb qöşimça qilgan Çekmaryov.

Rossiya qişloq xöjaligi materiallarida ta'kidlanişiça, mavjud meliorativ tizimlarni tiklaş va yangilarini quriş şarti bilan Rossiyada paxta yetiştiriş böyiça maksimal maydon 222 ming gektarga baholanmoqda (Astraxan viloyatida 47 ming, Volgograd viloyatida 10 ming, Stravropol ölkasida 120 ming, Qolmiğistonda 24 ming va Qrimda 10 ming gektar). 

Rossiya korxonalarining paxta tolasiga ehtiyoji 2018 yilda 68 ming tonnaga, 2019 yilda esa 71,1 ming tonnaga baholanmoqda.