Özbekiston delegatsiyasi bugun Qozoğistonga taşrif buyuradi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, 2018 yilning 2 fevral kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi delegatsiya Qozoğistonning Olmaota şahriga borib, «Globalizatsiya davrida raqamli kun tartibi» forumida qatnaşadi.

Forum Qozoğiston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev taşabbusi bilan ötkazilmoqda. Unda Qozoğiston, Armaniston, Belarus, Qirğiziston, Rossiya va Özbekiston boş vazirlari, Ozarboyjon hamda Tojikistonning rasmiy delegatsiyalari, şuningdek, xalqaro IT -kompaniyalar vakillari iştirok etadilar.