Apple 2018 moliyaviy yilning birinçi çoragida korporatsiya daromadi rekord darajani qayd etganini ma'lum qildi.
Kompaniya hisobotiga köra, 2017 yilning 30 dekabrida tugagan birinçi çorakda daromad bir yil avvalgi körsatkiçga nisbatan 13 foizga - 88,3 milliard dollarga ösgan.
"Hayajon ila Apple tarixidagi eng yirik daromadli çorak haqida ma'lum qilamiz, ösiş umumiy böldi, yangi ayfonlar lineykasi daromadi ham şular jumlasidandir. iPhone X kutganimizdan-da a'lo natijalarni körsatdi", - deyiladi kompaniya matbuot relizida.
Apple'ning birinçi çorakdagi sof daromadi 20 milliard dollardan oşdi, bu 2017 yilning xuddi şu davriga nisbatan 12 foizga köp demakdir.
iPhone'ning birinçi çorakdagi sotuvlari 77,316 million donani taşkil qildi, bu yillik hisobda 1,2 foizga kamdir. iPad sotuvlari ötgan moliyaviy yildagiga nisbatan 1 foizdan kamroqqa ösdi. Eng köp sotuv körsatkiçlari AQŞda qayd etilgan, u yerda kompaniya daromadi 35,193 milliard dollarni taşkil qilgan (yillik hisobda 10 foizga ösiş).
Apple'ga 1976 yilda Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueynlar tomonidan asos solingan. Kompaniya ştab-kvartirasi Kupertino (Kaliforniya ştati)da joylaşgan. Apple personal va planşet kompyuterlar, audiopleyerlar, telefonlar, smart-soatlar va dasturiy ta'minot işlab çiqariş bilan şuğullanadi.












