Amerikalik maşhur aktyor va jangovar san’at ustasi Çak Norris 86 yoşida vafot etdi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.
Xabar qilinişiça, u payşanba kuni Havayidagi şifoxonaga yotqizilgan va ertasi kuni vafot etgan.
Çak Norris 10 mart kuni tuğilgan kunini nişonlagandi.
U 40dan ortiq film va seriallarda suratga tuşgan bölib, kino muxlislariga “Jasur Uoker: Texasça adolat” seriali va maşhur aktyor Bryus Li bilan Kolizeyda jang sahnasi bilan yodda qolgan “Ajdarho yöli” filmi orqali tanilgan.
Çak Norris dzyudoda qora belboğ sohibi, Braziliya jiu-jitsusida 3-darajali qora belboğ, karateda 5-darajali qora belboğ, taekvondoda 8-darajali qora belboğ, tang su doda 9-darajali qora belboğ va çun kuk doda 10-darajali qora belboğ sohibi bölgan. U 1968 yilda karate böyiça jahon çempioni bölgan va uşbu unvonni olti marta himoya qilgan.
















