Heç qanday harakat qilmasdan muvaffaqiyatga erişiş mumkinligiga hanuz işonasizmi? XX asrning eng maşhur yozuvçilaridan birining tarixi aslida muvaffaqiyatga erişiş yöli qanday keçişini körsatib beradi.

1. Hatto heç kim sezmagan taqdirda ham, işlang

Ernest Xemingueyning ilk "Quyoş ham botadi" romani 1926 yilda naşr etilgan va u amerikalik yozuvçiga e'tirof keltirgan. Uşbu avtobiografik iş hanuz uning ijodidagi eng muhim asarlardan biri hisoblanadi. Xemingueyning uruş mavzusiga bağişlangan, ikkinçi "Alvido, qurol" romani 1929 yilda çop etilgan. Şundan keyin 30 yoşli Xeminguey öz avlodining eng maşhur va nufuzli yozuvçisiga aylangan.

Qanday qilib Xeminguey atigi uç yilda e'tirofga sazovor bölişning uddasidan çiqdi?

Kanadalik jurnalist Malkolm Gladuell "10 000 soat" qoidasini şakllantirgan va uni ommalaştirgan. Uning mohiyati quyidagiça: biror hunarni mukammal egallaş uçun unga 10 000 soat sarflaş kerak. U ongli tajriba va uning unumdorlik hamda natijaga ta'sirini örganuvçi mutaxassis K.Anders Eriksson tadqiqoti asosida şu ğoyani öylab topgan.

Foto: Getty Images

Albatta, 10 000 soatda könikmalarni orttiriş misli körilmagan xususiyatlarga ega bölişga olib kelmaydi. Biroq bu qoidada bir soğlom fikr mujassam: buyuk mehnat mahsulini yaratiş uçun siz köp mehnat qilişingiz kerak.

Xeminguey özining yozuvçilik könikmasini önlab yillar mobaynida çarxlab borgan. U ba'zilar öylaganidek bir zumda muvaffaqiyat qozongani yöq. U özining birinçi romanini naşrga çiqarişdan avval politsiya reportyori bölib işlagan, turli jurnallar va özi uçun oçerklar, esse va hikoyalar yozgan. Biroq muvaffaqiyatga erişgan yozuvçini körganimizda biz uning qançalik tirişqoqlik bilan işlagani va maşhur böliş uçun nimalardan voz keçişga töğri kelgani haqida öylamaymiz.

Mahorat sari eltuvçi yöl maşaqqatli va uzoq böladi. Doim.

2. Aniq va maqsadli işlang

Endigina klaviaturada işlaşni örganayotganimizda klavişlarni sekin va ongli ravişda bosamiz. Sekin-astalik bilan biz harflarning joylaşuviga örganib, barmoqlarni qayerga qöyiş haqida öylaşni bas qilamiz. Şu tariqa odat şakllanadi, miyaga kognitiv yuk pasayadi.

K. Anders Eriksson onglilikning işdagi ta'sirini şunçaki örganmaydi. Maşinal tajriba mukammallikka olib kelmaydi. Klaviaturadan birinçi va yuzinçi marta foydalaniş orasida katta farq bor, minginçi va ön minginçi orasida esa — deyarli heç qanday. Könikma diqqatni jamlaş va maqsadli xatti-harakatlar şarti bilan rivojlanadi.

Foto: Getty Images

1935 yilda Esquire jurnalida Xeminguey yoş yozuvçilarga maslahat bergan: "Eng yaxşisi, işlar yaxşi ketayotganida va siz bundan keyin nima bölişini bilganingizda töxtagan ma'qul. Roman yozayotganingizda har kuni şunday qilsangiz, heç qaçon bir syujyetda qotib qolmaysiz".

Yozuvçining özi bu qoidaga qat'iy rioya qilgan. U tasavvuri işlagunça yozgan va çarçoqni his qilişi bilan işlaşdan töxtagan. Xeminguey öylamay işlaşni istamagan.

Muvaffaqiyatga erişiş uçun işga sodiqlik zarur, biroq hadeb bir narsani takrorlayverib, heç narsaga erişa olmaymiz.

Biz faqat odatiy çegaralarni özgartiribgina takomillaşamiz.

3. Aks ta'sirni izlang

1985 yilda Çikago universiteti professori Benjamin Blum "Yoşlarda iste'dod rivoji" nomli kitobni çop etgan, unda muallif 120 nafar yoş faoliyatini tahlil qilgan. Ularning bari turli sohalarda muvaffaqiyatga erişgan. Professor şaxmat, musiqa va sportda IQ darajasi va yuqori körsatkiçlar örtasida boğliqlikni körmagan. Biroq u sinov ostidagilar qolganlardan intensivroq tajriba orttirganiga e'tibor qaratgan. Bundan taşqari, ularning har birida öqituvçi va murabbiy bölgan.

Aks ta'sir — iş örganişga 10 000 soat sarflab, heç nimaga erişa olmagan va 5000 soatlik mehnatdan söng öz sohasida eng yaxşisiga aylangan kişilarni aynan şu narsa ajratib turadi.

Xeminguey umrining oxirgi yillarida öz ijodiga Gertruda Staynning ta'sirini inkor qilgan bölsa ham, u yozuvçining karerasiga sezilarli ta'sir körsatgan. Amerikalik maşhur yozuvçi Stayn Xemingueydan 25 yoşga katta bölib, ular yozuvçi 22 yoş bölgan paytda tanişişgan. Ayol unga öz uslubini işlab çiqişga yordam bergan va keyinçalik uning ijodiga ta'sir körsatgan boşqa yozuvçilar bilan taniştirgan.

Işni kerakli yönalişda olib boriş uçun yöl körsatuvçi izlaş şart emas. Ba'zi holatlarda biz özimizga özimiz yordam berişimiz mumkin. Eng oddiy usullardan biri — yozib boriş va baholaş.

Xeminguey asar ustida işlaşni davom ettirişidan oldin bunga qadar yozganlarini qayta öqib çiqqan. Matnni tahrirlaş uçun hammasini boşidan öqigan yoki oxirgi ikki-uç bobni körib çiqqan.

Mahoratni boşqalarga nisbatan tezroq çarxlaşning yagona usuli — aks ta'sirni topiş.

Foto: Getty Images

Ernest Xemingueyning XX asrdagi eng nufuzli yozuvçilardan biri sifatida maşhur bölişi tasodif emas. U butun hayotini öz kasbiga bağişlagan, yillar davomida evaziga heç nima kutmay, öz könikmalarini rivojlantirgan.

Ongli tajriba sehri şundaki, biz hatto buyuk iste'dod, kerakli genlar va rağbatlantiruvçi şart-şaroitlar yöqligida ham öz mahoratimizni nazorat qilişimiz mumkin. Biz özimiz öylagandan-da köp narsaga qodirmiz.

Eng qiyini — xatti-harakatlarga ötiş va nimani qurbon qiliş borasida bir qarorga keliş.