Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedevning ma'lum qilişiça, YeOII (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi) a'zolari yangi texnologiyalar uçun pul töplaşi kerak. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Hurmatli hamkasblar, men heç bölmasa boş vazirlar, delegatsiyalar yerga yaqinroq bölişini xohlayman. Qaytişdi, real tuproqqa qadam qöyişdi. Hozir muhokama qilinayotgan narsa, men internet-buyumlar hamda beşinçi avloddagi aloqa, infratuzilmani nazarda tutmoqdaman, bu haqda hamkasblar ham aytişdi, - bularning bari juda qimmat texnologiyalar. Pullarni töplang», - deya aytib ötdi Medvedev.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya hukumati rahbari mamlakatda «raqamli suverenitetni» kafolatlaş uçun salohiyat yetarli ekanini xabar bergandi.












