BAA rahbariyati tarixdagi ilk kosmik gospitalni yölga qöyiş loyihasiga start berilişi haqida e'lon qildi. Khaleej Times şu haqida xabar berdi. Bunday gospitalni quriş niyati haqida Arab Health 2018 forumi doirasida bayon qilingan. 

"Kosmonavtlar kosmik kema bortida böla turib, nanotexnologiyalar şarofati bilan masofadan barça zarur davolaş muolajalarini olişlari mumkin böladi, biz esa Yerdan turib bu jarayonni nazorat qilamiz va boşqaramiz, - dedi soğliqni saqlaş vazirligi vakili Qultum Al-Biluşiy. - Jarrohlar qonga nanorobotlarni yöllaşadi, bu esa kelgusida jarrohlik aralaşuvi zaruratini yöqqa çiqaradi, zero ular kasallangan hujayralarni topib, ularni qayta tiklaş bilan şuğullanişadi".

Bundan taşqari, robotlar doimiy skanerlaş yöli orqali kosmonavtlarning hayotiy körsatkiçlarini hisoblab boradi. Bu mutaxassislarga ularning soğliği haqida batafsil ma'lumot oliş imkonini beradi.  

Soğliqni saqlaş va profilaktika vaziri Abd Ar-Rahmon bin Muhammad Al-Avaysning ta'kidlaşiça, loyiha Yerda bir neça marta sinovdan ötkaziladi, şundan keyin kosmosda foydalanişga moslaştiriladi. 

Kelgusida kosmonavtlarni davolaş uçun qöllanadigan yana bir asosiy texnologiya sun'iy intellekt böladi. "Turli kasalliklar, şu jumladan surunkali kasalliklarni davolaşdagi barça usullar tibbiyot sohasidagi sönggi yutuqlarga hamohang böladi", - qöşimça qilgan u.