SAVOL: Men tarjimonman va bir taşkilot bilan xizmatlar körsatiş töğrisida şartnoma tuzganman. Men barça kasaba uyuşmasining mablağlari hisobidan mehnat jamoasi bir kunlik dam olişga ketayotgani haqidagi xabarni eşitdim. Meni esa heç kim taklif qilmadi. Bu adolatdanmi, axir men ham ular bilan birga mehnat qilamanku?
E. Abdurazzoqov
JAVOB: Agar jamoa şartnomasida özgaça holatlar aks ettirilmagan bölsa, dam olişga mehnat jamoasi a'zolari taklif qilinganliklari haqida söz yuritilganda korxonada mehnat şartnomasi asosida mehnat qilayotgan va kasaba uyuşmasi mablaği hisobidan bölganligi uçun unga a'zolik badali tölagan xodimlar nazarda tutilgan.
Mehnat kodeksining 19-moddasiga köra bir martalik xizmat körsatadigan yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi şartnomalar böyiça bir martalik işlarni bajaradigan jismoniy şaxslar mehnat jamoasining a'zolari hisoblanmaydilar.
Afsuski, siz mehnat jamoasining a'zosi hisoblanmaysiz, çunki siz tarjimalarni xizmat körsatiş töğrisidagi şartnoma asosida amalga oşirasiz va sizning işingiz bir martalik hisoblanadi. Mehnat töğrisidagi qonun hujjatari, içki mehnat tartib qoidalari va jamoa şartnomasida közda tutilgan kafolatli tölovlar va boşqa imtiyozlar sizga tatbiq etilmaydi.
Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

















