«Arsenal» ustozi Arsen Venger fikriga köra, «Mançester Siti», «Bavariya», «PSJ» va «Barselona» klublarining içki çempionatda katta farq bilan peşqadamlik qilayotgani muxlislarga yoqadigan holat emas.

U milliy ligalarda intriganing yöqolib borayotgani haqida kuyunib gapirdi.

«Beşta kuçli çempionatga nazar solsak, törttasida çempion nomini hozirdanoq aytiş mumkin. Bu esa vaziyatning izdan çiqib ketayotganidan dalolat beradi.

Ba'zi klublarning juda katta moliyaviy salohiyati raqobatni buzmoqda. Katta pullar futbolni öldiryapti», — deb mutaxassis sözlarini keltirmoqda BBC.